avatar
Куч
49.32
Рейтинг
+28.75

ToshDAU

Мақолалар

Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali yakuniy natijalari e’lon qilindi. Universitetimiz web sayti sovrindorlar qatorida

Toshkent davlat agrar universiteti
Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali yakuniy natijalari e’lon qilindi. Universitetimiz web sayti sovrindorlar qatorida

  Yoshlar ijod saroyida Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali g‘oliblari va laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Festival tashkilotchilari: UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi va infoCOM.UZ jurnalidir.


Festivalni rasmiy qo‘llab-quvvatlovchi: O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidir.


Bu yilgi festival tanlov dasturi 10ta mavzuli va 2ta maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oldi. Har bir nominatsiyada birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar berilib, diplom va festival sovrinlari taqdim etildi. Shuningdek, tanlov dasturiga internet festivalida 10ta mavzuli nominatsiyada ishtirok etayotgan har bir saytga WWW.UZ milliy izlash tizimining maxsus ajratilgan sovrinlari kiritildi. Belgilangan muddatda Internet-festivalning ishtirokchilari orasida har bir mavzuli nominatsiya bo‘yicha eng ko‘p xost to‘plagan 12ta sayt g‘olib bo‘ldi.


Universitetimiz web sayti  www.agrar.uz  Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt nominatsiyasida 3-o‘ringa sazovor bo’ldi.


Tashkilotchilar «Davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati sohasidagi eng yaxshi sayt» nominatsiyasi saytlarining sifati yanada oshganligini ta’kidladilar. Hakamlar hay’ati ovoz berishning birinchi turi yakunlariga muvofiq, 96ta sayt finalga chiqqanini aniqladi va ularga «Festival laureati» diplomi topshirildi. Festivalning mavzuli va maxsus nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan 75 foizga yaqin saytlar o‘zbek tilidagi faol versiyasiga ega.


 

Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qibray akademik litseyida semenar-trening o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universiteti

2014 yil 21 noyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qibray akademik litseyida “O‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va uni amalga oshirish” mavzuida o‘tkazilgan semenar-trening bo’lib o’tdi.


 


Toshkent viloyati O‘MKHTBning 14 noyabr 2014 yildagi № 3213 – sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida, 21 noyabr kuni Qibray akademik litseyida “O‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va uni amalga oshirish” mavzuida semenar -trening o‘tkazildi. Ushbu semenar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi PK-1761-sonli qarori doirasida Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Toshkent davlat agrar universiteti Dehkonchilik va melioratsiya asoslari kafedrasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent E.Yu.Berdiboyev “O‘quv mashg‘ulotlarida ta’lim texnologiyasini loyixalashtirish va rejalashtirish” mavzuida ma’ruza va  videotrening o‘tkazdi. “Ta’limning optimal usul, shakl va vositalarini tanlash va ulardan ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish jarayonida amalda samarali foydalanish” mavzuida akademik litsey o‘qituvchilari ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri M.Turdiyev va ona tili fani o‘qituvchisi N.Imomnazarova hamda  “Maqsadni belgilash va uch darajali testlarni ishlab chiqish” mavzui bo‘yicha ingliz tili fani o‘qituvchisi Yo.Jamolxonov seminar-treningni olib borishdi.


 Semenar-treningda Toshkent viloyati O‘MKHTBning uslubchi metodisti Sh.Abdullayev, OO‘MTV vakili T.Ahmedov, ToshDAU akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.Mamadiyorov hamda Qibray tumani o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan kelgan o‘qituvchilar ishtirok etishdilar. Ushbu semenar-treningda ishtirok etgan o‘qituvchilarga o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish, shakl va vositalarini tanlash, ulardan foydalanish usullari hamda uch darajali testlarni ishlab chiqish usullari qo‘rsatildi. Semenarda o‘qitishning innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish yo‘llari o‘rganildi. Semenar davomida savol-javoblar, munozaralar o‘tkazildi.Semenarda barcha o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Guruhlarga bo‘linib amaliy topshiriqlarni bajarishdi. O‘qituvchilar qiziqish bilan materiallarni qabul qilishdi, o‘z fanlaridan ma’ruza va semenar mashg‘ulotlari uchun ta’lim texnologiyasi modeli, texnologik xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha namunalar yig‘ildi.Semenar qatnashchilari tomonidan keyingi semenar-treninglarda alohida bitta fan bo‘yicha trening o‘tkazish va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida har bir fan bo‘yicha uslubchi-metodist qo‘yilishi taklifi berildi.


 

“Issikxonalarni boshqarish va sabzavot yetishtirishning zamonaviy usullari” mavzusida seminar

Toshkent davlat agrar universiteti
“Issikxonalarni boshqarish va sabzavot yetishtirishning zamonaviy usullari” mavzusida seminar
 
 

2014 yil 3 dekabrda Toshkent davlat agrar universitetida axborot-maslahat markazi bazasida “Issiqxonalarni boshqarish va sabzavot yetishtirish” mavzusidagi o‘quv trening-seminar bo‘lib o‘tdi.


Ushbu seminarda Isroil ekspertlari Boris Bordman va Nissim Sroussi tomonidan ma’ruzalar o‘qildi. Ular tomonidan “Yopiq maydonda sabzavot yetishtirish muammolari yechimining innovatsion yo‘llari”, “Zamonaviy issiqxonalar va ularning konstruktiv, texnologik xususiyatlari”, “Sabzavot uchun qanday yerni tanlash?” mavzularida ma’ruzalar olib borildi.


O‘quv seminar davomida Isroil ekspertlar tomonidan qishloq xo‘jaligini yuritishning zamonaviy usullari bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar berildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik fakultetining talabalari, Toshkent viloyati fermerlar Kengashi vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agrofirma rahbarlari va soha mutaxassislari qatnashdilar.


 


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TALABALARI DAVLAT STIPEDIYALARIGA SAZOVOR BO‘LISHDI

Toshkent davlat agrar universiteti
 
 

Universitetda jami 670 ga yaqin iqtidorli talabalar bilim olishmoqda. Bu iqtidorli talabalarning barchasi kafedralarga biriktirilgan va kafedralarning yetakchi professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbar etib tayinlangan. Kafedralarda iqtidorli talabalarning ish rejalari ishlab chiqilgan va ularning bajarayotgan ishlari to‘g‘risida kafedra va fakultet majlislarida hisobotlari eshitiladi.


Universitetning 28 ta kafedralarida mutaxassisliklarga muvofiqlashtirilgan 43 ta fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi hamda ushbu to‘garaklarda jami 1634 nafar iqtidorli va faol talabalar ishtirok etib kelmoqda. Shu bois universitet iqtidorli talabalari respublika miqyosidagi tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqda.2014-2015 o‘quv yillarida universitetning quyidagi iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipediyasiga sazovor bo‘lishdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi nomzodligiga;1. Amanbayeva Nargiza Maxmataliyevna-Magistratura bo‘limi 2-bosqich magistri.2. Rustamov Nazar Sarvar o‘g‘li-Fermer xo‘jaligini boshqarish fakulteti 4 bosqich talabasi.Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga;1. Xasanova Sabohat Murodullayevna-Agroiqtisodiyot fakulteti 4 bosqich talabasi;2. Xo‘jaqulov Ulug‘bek Karimqulovich-Meva,sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti 4 bosqich talabasi;3. Jalilov Shoxjohon Xollnazarovich-Fermer xo‘jaligini boshqarish fakulteti 4 bosqich talabasi;4. Vahobova Malika Abduraximovna-Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish fakulteti 4 bosqich talabasi.Universitetimiz talabalari Respublika va universitet miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda kafedralarning yetakchi professor-o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy ishlar bilan qatnashdi va ular tomonidan ushbu o‘quv yili davomida xorijda, respublika va universitet miqyosida 512 ta ilmiy maqola va tezislarini chop ettirgan.


Universitetimizning iqtidorli talabalari Fan va texnologiyalar Markazi orqali Davlat byudjeti mavzulari, xo‘jalik shartnomalari, ilmiy texnik va innovatsion loyihalarda ham ishtirok etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 31 martdagi 113-sonli “2014 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalarining respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor B.Sulaymonovning universitet bo‘yicha 10.03.2014 yil № 1-9-2/59 sonli “Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichini o‘tkazish haqida” gi buyrug‘iga binoan joriy yilning 10-13 mart kunlari universitetda 26 ta fandan Fan olimpiadasining I-bosqichi o‘tkazildi. Ushbu buyruqga binoan joriy yilning 10-13 mart kunlari talabalar o‘rtasida Talabalarning Respublika fan olimpiadasi I-bosqichi o‘tkazildi. Ushbu olimpiadada 26 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar talaba: yigitlar 134 nafar, qizlar 66 nafar ishtirok etdi.


Talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichida ishtirok etgan 26 ta g‘oliblar Respublikaning turli OTM larida tegishli fanlar bo‘yicha bahsga kirishishdi va faol ishtirok etishdi. Shulardan:Respublika miqyosida;1. Abdurasilova Muhayyo Kobilovna- Agronomiya fakulteti 4 bosqich talabasi “Agronomiya”mutaxassislik fanidan 1 o‘rinni egalladi.2. Fozilov Lazizjon Odiljon o‘g‘li – Agronomiya fakulteti 3 bosqich talabasi “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnika melioratsiyasi” mutaxassislik fanidan III o‘rinni egalladi.Olimpiadaning qolgan ishtirokchilari ham II-bosqichda faol ishtirok etishdi va kuchli 10 likdan joy egallashdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Davlat stipendiyalari tanlovining 2015-2016 o‘quv yili uchun universitetning 50 nafardan ortiq iqtidorli talabalaridan arizalar tushgan va ularning hujjatlari tayyorlanmoqda.Shuningdek Universitetda “Eng namunali, faol va tashabbuskor talaba” tanlovi e’lon qilinmoqda.“Eng namunali, faol va tashabbuskor talaba”tanloviga – talabalar (bakalavr, magistr)ga o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi yoki hudud (tuman, shahar, viloyat)da Iqtidorli talablar bilan ishlash bo‘limi faoliyatini samarali tashkil etishdagi faolligi, tashabbuskorligi, bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan loyihalarda ishtirok etib, faxrli natijalarga erishganligi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofot bo‘lib, bunda barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.Batafsil ma’lumotlarni universitet “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limidan olishingiz mumkin.


Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi:  Mahliyo Goyipova 


Universitetimizda Konstitutsiya-fuqarolik jamiyati tayanchi mavzusida tadbir o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universiteti
Universitetimizda Konstitutsiya-fuqarolik jamiyati tayanchi mavzusida tadbir o‘tkazildi
 
 

Toshkent davlat agrar universitetida 2014 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan  Toshkent davlat agrar universiteti, Toshket viloyati Adliya boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi, Fuqarolik jamiyatini  shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi hamda “Kamolot” YOIH  Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda  Konstitutsiya-fuqarolik jamiyati tayanchi mavzusida tadbir o‘tkazildi.


Unda universitet Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori A.Abduvasikov, Xalqaro antik dunyo ilmiy akademiyasining akademigi, shuhrat medali sohibi, siyosiy sharhlovchi – Qobilbek Karimbekov, Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i boshlig‘i o‘rinbosari Tojiddin Utepbergenov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Maxmudjon Nazarov, Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi raxbari B. Hikmatov, “Kamolot” YOIH Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosariLazizjon Xasanov, universitet professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari ishtirok etdi.Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan A.Abduvasikov Konstitutsiyaning qabul qilinishi malakatda demokratik huquqiy davlat barpo etish, zamonaviy sivilizatsiyaning ilg‘or yutuqlari va taraqqiyotning milliy tajribalari uyg‘unlashgan, O‘zbekiston fuqarolarining intellektul salohiyati, bunyodkorlik, yaratuvchilik qobiliyati va sog‘lom tafakkur tarzi asosida adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish imkonini berganligi, ko‘p millatli va ko‘p e’tiqodli mamlakatda millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy birdamlik, umumiy manfaat atrofida birlashish tamoyillarini qonun bilan kafolatlagani, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan o‘zbek milliy davlatchiligining har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladigan qonunlar tizimini yaratishda asosiy manba bo‘lganligi haqida gapirdi.


Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan Xalqaro antik dunyo ilmiy akademiyasining akademigi, shuhrat medali sohibi, siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov Konstitutsiyamizda jamiyat taraqqiyoti bevosita xalq turmush tarzi, uning buguni, kelajagi, farovon hayoti va istiqboli, har bir fuqaroning taqdiri va uning kelajagi bilan bog‘liq masalalar o‘z ifodasini topganligi, voyaga yetayotgan, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelayotgani, jamiyatimizdan mustahkam o‘rin olayotgani va malaktimizning taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi kuchga aylanayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.Tadbirda bayram munosabati bilan universitetda faoliyat yuritayotgan ilg‘or rahbar xodimlarga universitetning faxriy yorliqlari topshirildi.


Toshkent davlat agrar universitetida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Toshkent davlat agrar universiteti

13 dekabr kuni 2014 yil Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy kengashlar zalida «Ekologik xavsif biologik faol polimerlar va ularning kishlok xujaligida kullanilishi» temasida ilmiy-amaliy seminar bulib utdi. Seminarni ToshDAU «Fizika va kimyo» kafedrasi tomonidan tashkil kilindi.Seminarni Uzbekiston Milliy Universiteti koshidagi «Polimerlar kimiyosi va fizikasi ilmiy tadkikot markaziy» direktorii, UzFA Akademigi S.Sh.Rashidova xamda institutning yetakchi olimlari, ishtirokida bulib utdi.Seminarda ToshDAUning seleksiya, urugchilik, usimliklarni ximoya kilish, bogdorchilik, sabzavotchilik, zootexniya, veterinariya va kayta ishlash soxalarida ilmiy ishlar olib borayetgan yetakchi olimlari, doktorantlar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilari xamda iktidorli talabalar ishtirok ettilar.Akademik S.Sh.Rashidova uruglarni Uzbekistonda maxaliy xomashyo ipak kurti gumbagidan ajratib olingan va modifikatsiyalangan «Uzxitan» biopolimeri bilan uruglarni kapsullash afzalliklari va ekologik xavsizligi xakida va ularning iktisodiy samaradorligi tugrisida seminar katnashchilariga ma’ruza kildi. Bu preparatning uruglichikda xozirda foydalanilayetgan kimyoviy zaxarliy preparatlardan afzaligi va orzon narxda ekanligi tugrisida gaprdi.Ma’ruzachi yangi sintez kilingan biopolimer «Polidef» preparatini xozirgi kunda paxta bargini tukishda defoliant


 


sifatida foydalanilayetgani xakida, uning iktisodiy samaradorligi ekologik xavfsizligi va boshka defoliantlardan inson salomatligiga xavfsiz ekanligi tugrisida xar tomolanma axborot berdi.Akamedik S.Sh.Rashidova ma’ruzasi ilmiy seminar katnashchilarida katta kizikish uygotdi. Seminar katnashchilari uzlari uchun kizikkan mavzularda ma’ruzachiga kuplab savollar berdilar.Seminar songida seleksiya, urugchilik, usimliklarni ximoya kilish, bogdorchilik, sabzavotchilik, zootexniya, veterinariya va kayta ishlash soxalarida ilmiy ishlar olib borayetgan olimlar bilan birga «Polimerlar kimiyosi va fizikasi ilmiy tadkikot markaziy» urtasida uzaro ilmiy xamkorlik kilish tugrisida kilishib olindi.

Elning erka shoirini ardoqlab…

Toshkent davlat agrar universiteti

12Elimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini keng nishonlash munosabati bilan yurtimizdagi har bir o‘quv muassasada, korxona va tashkilotlarda badiiy tadbirlar, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, mushoiralar o‘tkazilmokda.Shu jumladan, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq Axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida ham Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan tadbir odatdagidan butunlay o‘zgacha tarzda tashkillashtirildi.Muhammad Yusuf tavalludi sanasini kollejda nishonlash haqidagi e’londan so‘ng kollejning barcha a’zolarida o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat, shoir ruhini shod qilish istagi paydo bo‘ldi va tadbirga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.



Oq yo‘l, Sizlarga bitiruvchilar va magistrlar!

Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universitetida 2014 yil 10 iyul kuni magistrlarga diplom topshirish  marosimi  bo‘lib o‘tdi. Har o‘quv yilida magistrlarga diplom topshirish marosimi  universitetda tantanali ravishda bayramona ruhda o‘tkaziladi. Bu yil ham an’anaga sodiq qolgan holda ushbu  marosim tantanali bayramona ruhda tashkil etildi. Tantanali marosimga O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari taklif etildilar.


   Magistr – bu keng ilmga ega bo‘lgan, agrar sohasi bilan hamnafas,  ilmiy tadqiqot  ishlariga tayyor bo‘lgan mutaxassisdir.  Universitetda magistrlarga bilim berish borasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.


2014 yilda turli  mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar magistrlar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, “Magistr” unvoniga ega bo‘lishdi.


 Universitetda magistrlarni bilim olishlari va ilmiy faoliyat olib borishlari uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda katta fondga ega bo‘lgan axborot resurs markazi, virtual laboratoriya ishlari va ma’ruza matnlari bilan boyitilgan elektron kutubxona magistrlar xizmatida. Bundan tashqari, internet tizimidan keng foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. Universitet magistrlari xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlarida ham malakalarini oshirib kelmoqdalar.



Toshkent Davlat agrar universitetida “Ipakchilikni rivojlantirishning huquqiy asoslari muammolar va ularni hal qilish yo‘llari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Toshkent davlat agrar universiteti

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatorlaridan X.Razzaqov, X.Karimov,O‘zbekiston  Respublikasi Adliya vazirligi shartnomaviy-huquqiy ishlarini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i  A.Nabirayev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Pillachilikning rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Q.Yavqoshtiyev, Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori  Sh.Umarov, Toshkent Davlat agrar universitet rektori B.A.Sulaymonov Zootexniya fakulteti dekani U.Sh.Ballasov, Ipakchilik kafedrasi professor o‘qituvchilari, Viloyat pilla raxbarlari, tuman pilla hududiy “Pilla birlashmalari rahbarlari, ipak qurti urug‘chiligi va naslchilik stansiyalari direktorlari ishtirok etdilar.



O’zbekistonda urug’chilikni rivojlantirish bo’yicha FAO hamkorligida seminar kengash o’tkazildi.

Toshkent davlat agrar universiteti

O’zbekistonda urug’chilikni rivojlantirish uzoq yillik konsepsiyasini yaratish maqsadida FAO subregional byurosi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi o’rtasida loyihani amalga oshirish shartnomasi imzolangan. Loyihaning amalga oshirish rejasiga binoan  2014 yil 26 iyun kuni Toshkent Agrar universitetida “O’zbekiston Respublikasida urug’chilikni rivojlantirish  konsepsiyasi ” ni ishlab chiqishga bag’ishlangan seminar- kengash  o’tkazildi.


         Seminar kengashni ToshDAU rektori professor B.A. Sulaymonov ochib berdi. Seminarda FAO ning subregional bo’limining bosh maslahatchisi janob Seleman Qarahan ishtirok etib muhokama qilinayotgan konsepsiyasining urug’chilik tizimiga ichobiy ta’sirini, sohada ish yuritib borayotgan hususiy sektorni ahamiyatini, selleksiya sohasida olib borilayotgan izlanishlarni hozirgi zamon talablariga moslashtirishni va urug’lar sifatini aniqlash va fitosanitariya qoidalariga amal qilishdek zarur masalalarga to’xtatildi.


         Seminar kegashda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi mutaxassislari, ilmiy markaz va agrar universiteti olimlari, sohaga ta’luqli tashkilotlar rahbarlari va urug’chilik fermer xo’jaliklari rahbarlari qatnashib katta    qiziqish bilan keng fikr almashdilar.


         Seminar yakuni bilan ishtirokchilar konsepsiyani qarorini qabul qildilar va bajarish yuzasidan amaliy tadbirlar o’tkazish bo’yicha tashkiliy choralar belgiladilar.

Bo‘ka Agrotadbirkorlik kasb-hunar kollejida “SOG‘LOM BOLA – YURT TAYANCHI” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Toshkent davlat agrar universiteti
Bo‘ka Agrotadbirkorlik kasb-hunar kollejida “SOG‘LOM BOLA – YURT TAYANCHI” mavzusida seminar o‘tkazildi.
 

2014 yil 16 – may kuni Bo‘ka Agrotadbirkorlik kasb-hunar kollejida Toshkent viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi  bilan Toshkent davlat agrar universiteti hamkorlikda “SOG‘LOM BOLA – YURT TAYANCHI”  mavzusida seminar o‘tkazildi.


Seminarda   quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilindi: 


  • Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Salomatlik  konsepsiyasining mohiyati to‘g‘risida

  • “Sog‘lom bola yili- davlat dasturi” Sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosati

  • Bola salomatligida oziq-ovqatning o‘rni

  • Sog‘lom bola tarbiyasida – ota-onaning roli

  • Bolalar sog‘lig‘ida – Sog‘lom turmush tarzining ahamiyati kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

  • Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish va uning bandligini ta’minlash masalalari.


Seminarni Bo‘ka Agrotadbirkorlikkasb-hunar kolleji Ma’naviyat va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari- U.Bayramov kirish so‘zi bilan boshlab berdi.


Shundan so‘ng so‘z Toshkent davlat agrar universiteti “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasi mudiri Ye. Berdiboyevga berildi:Ye. Berdiboyev o‘z ma’ruzasida – Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2014 yil “Sog‘lom bola” yili deb e’lon qilinishi yangi ijtimoiy dasturlar zamirida ayollar va kelajagimiz bo‘lgan bolalar sog‘ligini saqlashga qaratilgan vazifalar o‘z ifodasini topadi deb kasb-hunar kollejio‘qituvchilari va talabalariga hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdilar.


So‘z berildi: “Pedagogika va psixologiya” assistenti S.Mirzayevaga“Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Salomatlik konsepsiyasining mohiyati to‘g‘risida”-mavzusida ma’ruza qildi.


So‘z berildi: “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasi dotsenti G.Abdalovaga “Sog‘lom bola tarbiyasida – ota-onaning roli” -mavzusida ma’ruza qildi.


So‘zga chiqdi: “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasi dotsenti Ye.Berdiboyev “Bola salomatligida oziq-ovqatningo‘rni”-mavzusida ma’ruza qildi.


So‘zga chiqdi:Agronomiya fakulteti dekan muovini “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasi assistenti O.Sottorov “Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish va uning bandligini ta’minlash masalalari”-mavzusida ma’ruza qildi. Bunda universitetdagi, talabalar turar joylari (TTJ) dagi va axborot resurslar markazidagi yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil gapirib berdilar.


Seminar yakunida kasb-hunar kolleji Ma’naviyat va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari- U.Bayramov barcha qatnashchilarga omad tilab keyingi seminarni 5-iyulga “Bitiruvchi kollej talabalarga diplom berish” munosabati bilan uchrashuv rejalashtirildi.


1234 12345 123456 1234567


Universitetimizning sport tadbirlari – yuksak marralarga chorlaydi

Toshkent davlat agrar universiteti
Universitetimizning sport tadbirlari – yuksak marralarga chorlaydi

 Toshkent davlat agrar universitetida 9- may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol bo’yicha rektor kubogi uchun turnir o’tkazildi.


2014-yil 1-maydan 7-maygacha universitet futbol maydonida futbol bo’yichalar fakultetlar aro musobaqa o’tkazildi.Musobaqada 8 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa olimpiada tizimida ya’ni (yutgan qoladi) final bosqichi aylanma tizimida o’tkaziladi .


O’tkazilgan musobaqada egallangan o’rinlar:


1-o’rin. Agroiqtisodiyot fakulteti


2-o’rin. Rektorat


3-o’rin. Agronomiya fakulteti


     


 DSCF2841    1436 1471 1490 1496 1499

Faol talabalarga tantanali ravishda moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi tavsiyanomasi berildi

Toshkent davlat agrar universiteti
Faol talabalarga tantanali ravishda moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi tavsiyanomasi berildi
 
 

Joriy yilning 21 may kuni Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, A.Abduvasikov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent viloyati Kengashi bo‘lim mudiri Z.Samanova, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sh.Durxodjayevlar ishtirokida “Vatan himoyachilari va tinchlik posbonlariga yurt ishonchi” shiori ostida tadbir muddatli harbiy xizmatni o‘qishga qabul qilingan talabalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 2013-2014 o‘quv yili davrida Toshkent davlat agrar universiteti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan 39 nafar talabalarga tantanali ravishda moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi  tavsiyanomasi berildi.


 


z1z2zz

“SOLIQ BILIMDONLARI – 2014” ko‘rik tanlovi

Toshkent davlat agrar universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2013 yil 20 maydagi 2013-28/22-QQ/01-34/1354-sonli qarori hamda Respublika tashkiliy qo‘mitasining 2014 yil 29 apreldagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, joriy yilning 23 may kuni O‘zbekiston milliy universitetida “Soliq bilimdonlari – 2014” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.


Tanlovda O‘zMU “Tadbirkorlar”, TDIU ”Soliq xizmati – farovonlik ziynati”, TDAU “Agroislohatchi”, TMI “Mustaqillik farzandlari”, Soliq akademiyasi “Intellektual yoshlar”, TTYMI “Afrosiyob”, TIMI “Targ‘ibot”, TTESI “XXI asr yoshlari” jamoalari o‘zaro bellashdilar.Jamoalar bilimlari 5 shart bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.“Soliq bilimdonlari – 2014” ko‘rik tanlovida Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohatchi” jamoasi ham faol ishtirok etishib, faxrli III-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alarbilan taqdirlandilar.


20140523_15393620140523_15051520140523_145031DSC_0184

Universitetda “Adabiyotga e’tibor- kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” mavzusida Toshkent viloyati hokimligi balan “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkazildi.

Toshkent davlat agrar universiteti
 

 


Universitetda “Adabiyotga e’tibor- kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” mavzusida Toshkent viloyati hokimligi balan “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkazildi.
 

Kitob bayrami2014 yil 22 may kuni universitetda “Adabiyotga e’tibor- kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” mavzusida Toshkent viloyati hokimligi balan “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkazildi. Universitet hovlisida “Kitoblar ko‘rgazma”lari tashkil etildi. Kichik majlislar zalida davra suhbati o‘tkazilib, unda Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari M.Nazarov, Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati raisi, shoir M.Toir, shoir B.Ergashevlar ishtirok etishdi.


 


zzz4zzz1zzz2zzz3

 

Universitetimizda “Odam savdosi va noqonuniy migratsiyani oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universiteti
Universitetimizda “Odam savdosi va noqonuniy migratsiyani oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi
 
 

zzz5Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bo‘lim boshlig‘i Djalilov Azizbek Nurmagamedovich, Fuqarolarni chet ellarda doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent mintaqaviy byurosi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Axmatov Azim Baxronqulovich,  Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich,  Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, ”Kamolot” YOIH BT, Xotin-qizlar qo‘mitasi, barcha fakultet dekan muovinlari, talaba-yoshlar tadbirda ishtirok etishdi.


Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Abduvasikov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. A.A.Abduvasikov tadbir ishtirokchilariga bugungi kunda odam savdosi va unga qarshi kurash eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlab, bizning asrimizga kelib odam savdosi global muammoga aylandi va u insoniyatga qarshi qaratilgan eng mudhish jinoyatlar safidan joy olib borayotganligiga e’tiborni qaratdi. Millionlab insonlarni o‘z domiga tortgan bu qabih jinoyatga qarshi bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kurash olib borilayotganligi, yoshlarimiz bu haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan, har xil guruhlar va’dalariga ishonib, odam savdosining qurboniga aylanib qolayotganligi hamda buning oldini olish, talabalarning ogohlik va xushyorliklarini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarni ahamiyati juda muhimligini aytib o‘tdi.Dastlabki so‘z fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent mintaqaviy byurosi vakili A.Axmatovga berildi.


Toshkent Davlat Agrar Universitetida Talabalari o‘rtasida “Oshga marhamat” oshpazlik mahorati musobaqasini o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universiteti

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent davlat agrar universiteti boshlang‘ich tashkiloti universitet talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Oshga marhamat” oshpazlik mahorati musobaqasini 2014 yil “Sog‘lom bola” yili munosabati bilan iqtidorli va iste’dodli, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatlarini, oshpazlik mahoratini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etiladi.                                                                                    Maqsad va vazifalar


-Toshkent davlat agrar universitetida o‘qib, ta’lim tarbiya olayotgan ijtimoiy himoyaga muxtoj, oilaviy sharoiti og‘ir, kam ta’minlangan, nogiron talabalarni ushbu tadbirga jalb qilish;-davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ulardan unumli foydalana olish mas’uliyatini keng yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish;-bilimga chanqoq, iqtidorli, intellektual salohiyatli yoshlarni aniqlash, hamda talabalarning talabalik davrida oshpozlik mahoratini va paxta davrida talabalarga shirin ovqat qiladigan oshpazlarni tanlash;-yoshlar o‘rtasida milliy taomlarimizni tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi, do‘stlik, tinchlik, baynalmilallik, birdamlikni ta’minlash, ularning turli xil aqidaparastlik va zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish;Musobaqada meva sabzavotchi va uzumchilik fakulteti 4-29 talabasi Raxmanov Botir Zafar o‘g‘li 1-o‘rinni egalladi.2-o‘rin Fermer xo‘jaligini boshqarish fakulteti 4-39 gurux talabasi Yuldashov Xayriddin Xushmurodovich3-o‘rin Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fakulteti 2-82 guruh talabasi Uroqov Begzod Baxodirovich


 


      zz1              zz3                        zzz             zz2

Toshkent Davlat Agrar Universitetida “Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Toshkent davlat agrar universiteti
“Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
 

IMG_1950Universitetda 2014 yil 30 may kuni Prezidentimizning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi” nomli ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, yurtimizda 2014 yil “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi, 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-2124-sonli Qaroridan kelib chiqib mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, shuningdek, ularni zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo‘lgan, XXI asr talablariga javob beradigan barkamol, yetuk shaxslar bo‘lib yetishishi uchun zarur bo‘lgan imkoniyat va sharoitlarni yaratishga qaratilgan “Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyat hokimiyati, Toshkent viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Shuningdek, konferensiyada universitet professor hqituvchilari, yosh olimlar va iqtidorli talabalarning ilmiy ishlanmalari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. Konferensiyada Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari; Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari yosh olimlarining roli; Mamlakatimiz agrar sektorida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi; Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar qilindi. Mazkur ma’ruzada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyat hokimiyati, Toshkent viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi mutassadi xodimlar, ta’lim sohasida faoliyat professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat tizimida tahsil olayotgan yosh olimlar hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Konferensiyada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan fikr almashishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lish, yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, tanlangan mavzular yuzasidan “ustoz-shogird” an’analari asosida tadqiqotlar olib borish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muasasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi va ular bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantirildi.


Toshkent davlat agrar universiteti bilan Toshkent viloyati tumani Agroiqtisodiyot kollejida seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universiteti
Toshkent davlat agrar universiteti bilan Toshkent viloyati tumani Agroiqtisodiyot kollejida seminar bo‘lib o‘tdi
 

DSCF29483 may 2014 yil kuni Toshkent davlat agrar universiteti bilan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani agroiqtisodiyot kolleji hamkorlikda “TA’LIM VA TARBIYA-YUKSAK MALAKALI KADRLAR TAYYORLASHNING ASOSIY NEGIZIDIR”mavzusida seminar o‘tkazildi.Seminarda ToshDAU akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, dotsent D.U.Mamadiyarov, “Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri dotsent X.X.Saidakbarov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, H.Xushvaqtov, “Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti”kafedrasidan kollejga mas’ul etib biriktirilgan assistent S.A.Mustafayevlar qatnashdi.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 109-sonli buyrug‘i va universitet rektorining 2011 yil 25 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 1.9-2/ 122-sonli buyrug‘iga ko‘ra 2013-yil 8-noyabrda hamkorlik shartnomasi tuzildi.


“DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA MISSIONERLIKNING SALBIY OQIBATLARI” MAVZUSIDA TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA O‘TKAZILGAN TADBIR

Блог им. agraruniversitet
“DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA MISSIONERLIKNING SALBIY OQIBATLARI” MAVZUSIDA TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA O‘TKAZILGAN TADBIR
 

Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi L.Ubaydullayev,   Rus provoslav cherkovi ruhoniysi S.Niklayev,  universitet AL va KXK bilan ishlash bo‘yicha prorektori, dotsent D.Mamadiyorov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash  bo‘limi xodimlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Xalikova, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashishdi.


мдTosh DAU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, dotsent D.Mamadiyorov so‘zga chiqib, Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega bo‘lishi, iste’dodli yigit-qizlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, diniy ekstremizm va fundamentalizm, aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi, shu munosabat bilan barcha o‘quv yurtlarida – universitetlarda, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mavzulariga qaratilgan tadbirlar tashkil etilayotganligi, bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad yoshlarda mafkuraviy immunitet hosil qilish – yoshlarni turli oqimlarga qo‘shilib ketmasligi uchun ularni ogohlikka chaqirish ekanligini aytdi.


Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashayotganligimiz, hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqyea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emasligi, globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotgani haqida gapirib, ana shunday tahlikali bir paytda mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik hukm surayotganligi, yoshlarimiz tinchlikning qadriga yetishi, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanishlari lozimligini alohida ta’kidlib o‘tdi.


УбайдуллаевVazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi L.Ubaydullayev o‘zining “ Ogohlik davr talabi” mavzusidagi ma’ruzasida Diniy ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlari tomonidan dunyo hamjamiyatiga yetkazilayotgan talofotlar yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida turgan global muammolardan biri ekanligini aytdi. Islom dinini niqob qilib manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanayotganligi, diniy aqidaparastlik va terrorizm haqida hamda jamiyat taraqqiyotiga tahdid solayotgan boshqa turli illatlar va ularning oqibatlari; ularga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi. Ko‘pchilik yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlarining asosiy sababi, ularning ilmsiz ekanligida; diniy bilimga ega bo‘lmaganligi uchun dinni niqob qilib olgan ayrim shaxslarga aldanib qolishi o‘ta achinarli hol ekanligi haqida gapirdi.Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud, bo‘lib ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatayotganligi, ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega ekanligi, aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazishi, ularni bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantirishi va bundan ko‘zlangan asosiy muddao muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilish ekanligi haqida gapirib, har bir kishi yot va begona g‘oyalarga nisbatan ogoh bo‘lishi bugungi kunning eng muhim talabi ekanligini aytdi.