avatar
Куч
49.32
Рейтинг
+28.75

ToshDAU

Мақолалар

“O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM TIZIMIDA-O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Блог им. agraruniversitet

aa


2014 yil 4-aprel kuni Bo‘ka Agrotadbirkorlik kasb-hunar kollejida Toshkent viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi  bilan Toshkent davlat agrar universiteti hamkorlikda


Seminarda   quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilindi:


  •         Oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘quv, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari.

  •           O‘quv mashg‘ulotlarida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish va rejalashtirish qoidalari

  •          Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari.

  •          Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish va uning bandligini ta’minlash masalalari.


Seminarni Bo‘ka Agrotadbirkorlik kasb-hunar kolleji direktori – Q. Dadabekov  kirish sqzi bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng so‘z  ToshDAU akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor D. Mamadiyorovga berildi:



Toshkent davlat agrar universiteti bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani agrosanoat kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan seminar to‘g‘risida

Блог им. agraruniversitet
Toshkent davlat agrar universiteti bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani agrosanoat kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan seminar to‘g‘risida
 
 

10 aprel 2014 yil kuni Toshkent davlat agrar universiteti bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani agrosanoat kasb-xunar kolleji xamkorlikda “OLIY VA O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMINI O‘ZARO HAMKORLIKDA RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI VA UNING DOLZARB VAZIFALARI” mavzusida seminar o‘tkazildi.


IMG_863Seminarda ToshDAU akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, dotsent D.Mamadiyarov, “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi dotsent B. Xudoyorov, professor B.Shoymardonov, “Umumtexnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri, dotsent Q.Xusanov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent O.Nosirov, shu kafedradan kollejga mas’ul etib biriktirilgan assistent N.Umurzoqova, kollej rahbariyati, o‘qituvchilari va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdilar. Seminarda ta’lim bosqichlari o‘rtasida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishning asosiy jihatlari, ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorliligi, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish va kadrlar bilan ta’minlash masalalari, uzluksiz ta’limda o‘quv va o‘quv -uslubiy hamkorlikni kuchaytirishning omillari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish va kasbga yo‘naltirish masalalarida xamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. 


IMG_865

Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari bilan kasb-hunar kolleji o‘qituvchilarini o‘quv va o‘quv uslubiy jihatdan ustoz va shogird an’anasi asosida ilmiy ishlarga jalb etish, kasb-hunar kolleji o‘qituvchilarini malakasini oshirish masalasi, kollej talabalarini o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini universitetda o‘tkazishlari bo‘yicha, universitet ARM dan kollej o‘qituvchi va talabalarining foydalanish masalalari, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda universitet tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi.Seminarda qatnashgan o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Seminar yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi va universitet bilan kasb-hunar kolleji o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.


Toshkent davlat agrar universitetida filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Блог им. agraruniversitet
Toshkent davlat agrar universitetida filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
 
 

Toshkent davlat agrar universitetining Meva-sabzavotchilik va uzumchilikning Fizika va Kimyo kafedrasida filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov  bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.


rahimboyTalalabaning adabiy tilda ravon bexato gapirish ko‘nikmasini hosil qilish darslar davomida olib boriladigan yozma ishlar, uyga beriladigan mustaqil vazifalarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, xalq maqollaridan, she’riy parchalardan, adabiy matnlardan foydalanish nutqning go‘zal bo‘lishi va ta’sirchanligini oshiradi. Adabiyotimiz tarixi vakillarining hayoti, ijodi va ularning asarlarini mukammal o‘rganish talablarining kelajakda dunyoqarashining keng, bilim doirasi chuqur bo‘lishini ta’minlaydi.


Notiqlik san’atiga nazar tashlar ekanmiz, u eramizdan avvalgi V asrda Yunonistonda shakllanganiga shohid bo‘lamiz. Notiqlik san’atining etuk namoyondalari etishib chiqdi. Davlat ishlarini boshqarishni istagan har bir kishi uchun chiroyli so‘zlash san’ati majburiy bir ehtiyojga aylandi. Notiqlik san’atining yirik vakili  T.Sitsironning ta’kidlashicha, dunyo ikkita san’at mavjud: harbiy va notiqlik. Plutarx ham bu san’atni hayotiy zaruriyat deb biladi.


Universitet bilan hamkorlikda bo‘lgan Chirchiq sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “Sog‘lom bola yili” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanni bo’lib o’tdi

Блог им. agraruniversitet
Universitet bilan hamkorlikda bo‘lgan Chirchiq sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “Sog‘lom bola yili” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanni bo’lib o’tdi
 

02Anjuman Chirchiq sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji direktori Muqimov Olimjon Ibodullayevichning anjuman ishtirokchilariga tabrigi va kollej jamoasining faoliyati haqidagi chiqishi bilan boshlandi. Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kolleji direktori, fal.fan.nom.Pardayev Nurali Qahhorovichning anjuman ahamiyati haqida chiqishi ko‘pchilikda qiziqish o‘yg‘otdi.Anjuman tashkilotchisi, fil.fan.nom. B.Suvanqulovning “Hamkorlik omillari” mavzusidagi chiqishida “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu anjuman mohiyatiga ko‘ra katta ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.



“СИЗ ҚОНУННИ БИЛАСИЗМИ”? Республика танловини эълон қилади

Блог им. agraruniversitet

Ўзбекистон “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Марказий Кенгаши Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги, Ўрта маҳсус, касб-ҳунар  таълими маркази, Адлия вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги билан ҳамкорликда


СИЗ ҚОНУННИ БИЛАСИЗМИ”?


Республика танловини эълон қилади


Танловдан кўзланган мақсад : Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари ўқитувчиларининг ҳуқуқий маданияти ва ҳуқуқий саводхонлигини юксалтириш, уларни Ўзбекистон Республикаси Конститутцияси ва бошқа қонун ҳужжатларига ҳурмат руҳида тарбиялаш, ёшларнинг фаол фуқаролик позицияси янада мустаҳкамлаш, иқтидорли ўқувчиларни аниқлаш ва рағбатлантиришдан иборат.


Танлов республика миқёсида март-май ойлари давомида 4 босқичда ташкил этилади.


Унда республикамиздаги ҳуқуқшуносликка ихтисослаштирилмаган барча академик лицей ва касб-ҳунар коллежларининг ўқувчилари иштирок этиши мумкин.  


Батафсил маълумотлар  www. kamolot.uz  сайтларида.

"ТАФАККУР СИНОВЛАРИ" Республика танловини эълон қилади

Блог им. agraruniversitet

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Марказий Кенгаши Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Давлат бошқаруви академияси ва Фуқаролик жамияти шаклланиши мониторинг қилиш мустақил институти ҳамкорликда


ТАФАККУР СИНОВЛАРИ


Республика танловини эълон қилади


Танловдан кўзланган мақсад : Олий таълим муассасалари талабларининг назарий билимларини янада мустаҳкамлаш ва амалий кўникмаларини ривожлантириш, талабаларни тарих, сиёсий – ҳуқуқий билимлари даражасини аниқлаш, фаол фуқаролик позициясини мустаҳкамлаш ҳамда назарий билимларини ҳаётга тадбиқ этиш кўникмаларини шакллантириш, уларга ўз иқтидорини намойиш этиш учун имконият яратишдан иборат. Танлов Республика миқёсида март-ноябр ойлари давомида 3 босқичда ташкил этилади.


Унда республикамиздаги барча олий таълим муассасаларининг талабалари иштирок этиш мумкин.


Батафсил маълумотлар www.edu.uzва  www.kamolot.uz сайтларида.

“DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA MISSIONERLIKNING SALBIY OQIBATLARI” MAVZUSIDA TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA O‘TKAZILGAN TADBIR

Блог им. agraruniversitet

Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi L.Ubaydullayev,   Rus provoslav cherkovi ruhoniysi S.Niklayev,  universitet AL va KXK bilan ishlash bo‘yicha prorektori, dotsent D.Mamadiyorov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash  bo‘limi xodimlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Xalikova, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashishdi.


мдTosh DAU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, dotsent D.Mamadiyorov so‘zga chiqib, Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega bo‘lishi, iste’dodli yigit-qizlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, diniy ekstremizm va fundamentalizm, aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi, shu munosabat bilan barcha o‘quv yurtlarida – universitetlarda, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mavzulariga qaratilgan tadbirlar tashkil etilayotganligi, bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad yoshlarda mafkuraviy immunitet hosil qilish – yoshlarni turli oqimlarga qo‘shilib ketmasligi uchun ularni ogohlikka chaqirish ekanligini aytdi.



WWW.uz milliy qidiruv tizimida ro‘yxatdan o‘tgan 700 sayt “o‘lik” deb topildi

Блог им. agraruniversitet

Foto: blogskinny.comUzinfocom markazi WWW.uz milliy qidiruv tizimi top-reytingi autsayderlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi, deb yozadi “Kun”.


Markaz korporativ blogida 31-mart kuni e’lon qilingan postga asosan, hozirgi vaqtda WWW.uz top-reytingida 2 500 sayt ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan faqat 1 842 tasiga foydalanuvchilar kiradi.


Reyting so‘ngidagi 200 saytga kuniga bittadan odam kirsa, ulardan 127 tasida faqat bittadan sahifa ko‘rilgan.


“Ko‘rinib turibdiki, bu 200 ta sayt bilan, reytingga a’zo bo‘lgan va hech kim kirmaydigan qolgan 700 sayt kabi, hech kim shug‘ullanmayapti”, — deb yozadi Uzinfocom markazi korporativ blogi.

Ёш тадбиркор — юртга мададкор

Блог им. agraruniversitet

Ёш тадбиркор — юртга мададкор


 



 
 
Ўзбекистон «Камолот” ЁИҲ ташаббуси билан Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки бошчилигидаги мамлакатимининг бир қатор етакчи тижорат банклари „Микрокредитбанк”, “Агробанк”, „Қишлоқ қурилиш банк” “Ипотекабанк” „Асака”банк, “Ўзбекистон саноат-қурилиш банки”, „Халқ банки”, “Миллий банк”, Ўзбекистон Савдо – саноат палатаси ҳамда Фермерлар Кенаши, Ҳунарманд уюшмаси билан ҳамкорликда ташкил этилаётган...
»ЁШ ТАДБИРКОР – ЮРТГА МАДАДКОР” танлови айнан сиз учун!
 
Шошилинг! Танловнинг 1 босқичига аризалар қабул қилиш бошланди.
 
Танловда 18 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар иштирок этишлари мумкин. Танлов Республикамиз бўйича 3 босқичда ўтказилади.
 
Танлов доирасида малакали мутахассислар томонидан маҳорат дарслари, техника ва технологияни ишлаб чиқаришда жорий этиш каби бир – биридан қизиқарли мавзуларда семинар – тренинглар ташкил этилади.
 
Танлов ғолибларининг кредит фоизлари Ўзбекистон «Камолот” ЁИҲ томонидан тўлаб берилади.
 
Танловда иштирок этиш учун аризаларни жорий йилнинг 1 апрелидан 1 июнига қадар Ўзбекистон „Камолот” ЁИҲнинг барча ҳудудий ҳамда маҳаллий бўлимларига тақдим этишингиз мумкин.

Илк бор ўзбекистонлик ўқувчи математика бўйича халқаро олимпиадада олтинни қўлга киритди

Блог им. agraruniversitet

Ўзбекистон тарихида илк бор Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида таҳсил оладиган ўқувчи Олма-Отада ўтказилган X Халқаро олимпиадада олтин медални қўлга киритди.


 


Миллий университет қошидаги С.Сирожиддинов номидаги академик лицей ўқувчиси Хакимбой Эгамберганов математика, физика ва информатикадан ўтказилган олимпиадада математика бўйича мустақил Ўзбекистон тарихидаги илк олтин медални қўлга киритди, дея хабар беради Uz24 нашри.


 


Ватанимиз ёш математикларининг шу кунгача энг йирик муваффақияти ҳозирча олимпиада кумуши бўлган.


 


Айтиш жоизки, мазкур танловда 17 мамлакатдан 400 ўқувчи иштирок этди.

“XXI аср – интеллектуал авлод асри” шиори остидаги ҳудудий ва республика илмий-амалий конференциялари

Блог им. agraruniversitet

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Истеъдод” жамғармаси, Фанлар академияси, Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитаси ҳамда “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Марказий Кенгашининг


 


АХБОРОТ ХАТИ


 


Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 6 февралдаги ПҚ-2124-сонли Қарори билан тасдиқланган “Ўзбекистон Республикасида 2014 йилда ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар Дастури”нинг “Иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш, ижодий ва интеллектуал салоҳиятини рўёбга чиқаришга қаратилган ишларни тизимли йўлга қўйиш” борасидаги IV-бобининг 35-бандида ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 11 февралдаги Ўзбекистон Республикасида 2014 йилда ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар дастури ижросини таъминлаш бўйича Республика ишчи гуруҳи мажлисининг 32-сонли баёнида белгиланган вазифаларни амалга ошириш мақсадида ёш олимлар ва талабаларнинг “XXI аср – интеллектуал авлод асри” шиори остидаги ҳудудий ва республика илмий-амалий конференциялари ўтказилади.



Tashabbus – 2014 qatnshchilari

Блог им. agraruniversitet

Xurshidbek paxmonov 


«Kuboro-Diyor» fermer xo'jaligi raxbari (Navoiy viloyati):


-Daslab 80 gektar yer maydoni bilan ish boshlagan  fermer xujaligimiz xozirda 304,64 gektar maydonda turli soxalarda faolyat kursatib kelmoqda. Jumladan ,dexqonchilik, partrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik,isiqxona, gusht va sutni qayta ishlash xamda alyumin eshik-romlar ishlab chiqarish buyicha ish olib bormoqdamiz.SHuningdek,fermer xujaligimizda 120 kishi doimiy ish bilan taminlangan bulib ,qishloq xujaligi yumushlarini bajarishda zamanaviy texnikalar bilan taminlangan.An’anaviy tarzda tashkil etib kelin yotgan mazkur tanlov uzaro xamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqayotgan  maxsulotlaramizni kengtarg’ib etish xamda xaridorlar talabini urganish imkonini  berishiga ishonchimiz komil. 

“Toshkent” aeroporti Rossiya va MDHning eng yaxshi aeroportlari o‘ntaligiga kirdi

Блог им. agraruniversitet

maxresdefaultBritaniyaning Skytrax kompaniyasi Rossiya va MDHning eng yaxshi aeroportlari o‘ntaligini e’lon qildi. Unga “Toshkent” xalqaro aeroporti ham kirdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.


Ushbu reytingda “Toshkent” xalqaro aeroporti to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Uni ro‘yxatda Domodedovo, Sheremetyevo, “Kazan” aeroporti, Vnukovo (Rossiya), Ostona va Olma-Ota aeroportlari (Qozog‘iston), Minsk milliy aeroporti (Belarus) hamda Bokudagi Geydar Alimov nomidagi aeroport (Ozarbayjon) ortda qoldirdi.


Britaniyaning xususiy konsalting kompaniyasi bo‘lmish Skytrax aviakompaniya va aeroportlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini o‘rganishga ixtisoslashgan.


Kompaniyaning Skytrax World Airport Awards mukofoti bevosita aeroportlarning o‘zida o‘tkazildigan so‘rovlar natijalari bo‘yicha beriladi. Bu xizmatlarning xolis baholanishiga imkon beradi. Ushbu so‘rovlar 39 mezonlar bo‘yicha olib boriladi.


Shu yili dunyoning 410 aeroportida o‘tkazilgan so‘rovlarda 12 milliondan oshiq yo‘lovchi ishtirok etdi. 

Мухторов Алибек Эркинович Республика “Талаба” спорт уюшмаси мусобақада 3-ўрин

Блог им. agraruniversitet

18.04.1989 йилда Сухондарё Қумқўҳон тумани.Кураш бўйича спорт усталигига номзод.


2012 йил 7-10 июн кунлари Хоразм шаҳрида кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида  3-ўрин


2012 йил 14-17 декабр кунлари Қарши шаҳрида кураш бўйича Ўзбекистон кубогида  2-ўрин


2013 йил 25-28 февраль Жиззах шаҳрида бўлиб ўтган Кураш бўйича бўлиб ўтган Ўзбекистон чемпионатида    3-ўрин


2013 йил 27-29 март кунлари Қариши шаҳрида кураш бўйича Республика “Талаба” спорт уюшмаси мусобақада 3-ўрин.      

Ибрагимова Айнура Шералиевна Киев шаҳрида ўтказилган кулублар чемпионатининг бронза медал совриндори

Блог им. agraruniversitet


Ибрагимова Айнура Шералиевна Киев шаҳрида ўтказилган кулублар чемпионатининг бронза медал совриндори


07.01.1991 йилда Юқори Чирчиқ туманида туғилган.Стол тенниси бўйича спорт устаси.


 


 2011 йил 25 октябрдан 3 ноябргача Латвия мамлакатининг Рига шаҳрида Халқаро турнирда 2 ўрин  .


2011 йил 22-29 ноябр кунлари Нукусда Ўзбекистон чемпионатида 3- ўрин.


2012 йил 5-10 март кунлари Навоий шаҳрида Стол теннис   бўйича Ўзбекистон кубогида   1-ўрин


2012 йил  21-26 ноябр куни Нукусда Стол теннис   Ўзбекистон чемпионатида  1 ўрин


2013 йил  6 март куни Ургенч  шаҳрида бўлиб ўтган стол тенниси  бўйича Ўзбекистон кубогида  2-ўрин


Бухоро шаҳрида ўтказилган “Универсиада — 2013” спорт мусобақаларининг бронза медал совриндори.


2013 йил 17-24декабр кунлари Нукус шаҳрида ўтказилган Ўзбекистон чемпионатининг бронза медал совриндори.


2013 йил 6-10 декабр кунлари Қозоғистон кубугининг бронза медал совриндори.


2014 йил 3-7 феврал  кунлари Украинанинг Киев шаҳрида ўтказилган кулублар чемпионатининг бронза медал совриндори.

Кенжаев Зохид Киев шаҳрида ўтказилган кулублар чемпионатининг бронза медал совриндори

Блог им. agraruniversitet

Кенжаев Зохид Шавкат ўғли  


03.03.1992йил Тошкент вилояти Оққўрғон тумани Арнасой шахрида туғилган.Стол тенниси бўйича спорт устаси.


2012 йил 5-10 март кунлари Навоий шаҳрида Стол теннис   бўйича Ўзбекистон кубогида   1-ўрин


2012 йил  21-26 ноябр куни Нукус шахрида Стол теннис   бўйича Ўзбекистон чемпионатида   1-ўрин


2013 йил 3 февраль куни  стол тенниси бўйича Украина давлатида бўлиб ўтган Клублар ўртасида Халқаро турнирда   2-ўрин


2013 йил  6 март куни Ургенч  шаҳрида бўлиб ўтган стол тенниси  бўйича Ўзбекистон кубогида Кенжаев Зоҳид 1-ўрин


Бухоро шаҳрида ўтказилган “Универсиада — 2013” спорт мусобақаларининг 2та олтин медал совриндори.


2013 йил 17-24декабр кунлари Нукус шаҳрида ўтказилган Ўзбекистон чемпионатининг олтин медал совриндори.


2013 йил 6-10 декабр кунлари Қозоғистон кубугининг бронза медал совриндори.


2014 йил 3-7 феврал  кунлари Украинанинг Киев шаҳрида ўтказилган кулублар чемпионатининг бронза медал совриндори.

Andijon qishloq xo’jalik institutida instituti ilmiy-uslubiy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi

Блог им. agraruniversitet

Sizni 2014 yilning 1-5 aprel kunlari Andijon qishloq xo’jalik institutida institutning “50 yillik yoshi” ga bag’ishlangan “Ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusida o’tkaziladigan yosh olimlar, doktorantlar, magistrlar va  iqtidorli talabalarning ilmiy-uslubiy anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

Andijon qishloq xo'jalik instituti tarixi

Блог им. agraruniversitet

Institut 1964 yil iyun oyida sobiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali bazasida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan bo’lib, o’tgan davr davomida asosan olim-agronomlar, muxandis–mexaniklar va muxandis-gidromelioratorlar tayyorlagan.


Respublikamiz mustaqillikka erishgach yurtimizda boshqa sohalar qatori qishloq xo’jaligini rivojlantirishga bo’lgan e’tiborni kuchaytirilishi munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga binoan mavjud institut bazasida Andijon qishloq xo’jalik instituti tashkil etilgan.



Andijon viloyati

Блог им. agraruniversitet
Andijon viloyati haqida qisqacha ma`lumot
Xoʻjaligi

Andijon viloyati respublika i.ch.da va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6% neftini, 8,3% paxtasini, 8,7% paxta tolasini, 8,7% oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, q.x. xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi.