avatar
Куч
49.32
Рейтинг
+28.75

ToshDAU

Мақолалар

Universitetlar tarixi

Блог им. agraruniversitet

Toshkent Davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko’plab boshqa oliy o’quv yurtlari kabi 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan bog’liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida – qishloq xo’jaligi fakulteti ham bor edi. 1930 yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi instituti tashkil qilindi va bir qancha o’zgarishlardan so’ng, 1934 yil oktyabridan Toshkent Qishloq xo’jaligi instituti deb nomlandi.


1991 yil aprel oyida Oliy o’quv yurti Markaziy Osiyo va Qozog’istonda yagona agrar universitet maqomini oldi. Bunday maqom o’sha davrdagi 104 ta qishloq xo’jaligi oliy o’quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.



Universitetimizda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi” ga bag’ishlab tadbir bo’lib o’tdi

Блог им. agraruniversitet

Joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar ichki ishlar vazirligi tomonidan  “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi”  deb e’lon qilingan.


Poytaxt viloyati bilamizki uzining ulkan saloxiyati, ijtimoiy iqtisodiy va geografik joylashuvi, axolisi va avlodan avlodga o’tib kelayotgan milliy kadriyatlari bilan respublikamizda aloxida o’rin tutadi.


Bugungi kunda Toshkent viloyatida 2 mln.717ming 700dan ortiq aholi istiqomat qilib kelayotgani, shundan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar 922 ming 218 nafar, 30 yoshgacha bo’lganlar 1mln.584 ming 124nafarni tashkil etishi, aholining 60 foizga yaqini faqat yoshlardan iborat bo’lmoqda


Viloyatda 2 ta oliygox 122 kasb hunar kollejlari, 6 ta Akademik litseyva 879 ta umumta’lim maktablari mavjud Sarxisob qiladigan bo’lsak 2 ta oliygoxda 10 mingdan ortik, 122 kasb hunar kollejlarida 119 ming 687 nafar, 6 ta Akademik litseylarda 3 ming 601 nafar, Umumta’lim maktablarida esa 361 ming 484 nafar o’kuvchi yoshlar ta’limolib kelishmokda.



Toshkent davlat agrar universitetida talabalar o‘rtasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

Блог им. agraruniversitet

DSC_7146 (1)Tadbirni Universitet  rektori B.A.Sulaymonov kirish so‘zi bilan ochib,  bugungi kunda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining  huquqiy  bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalar iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etilayotganligi, ana shunday tadbirlardan biri bugun universitetimizda o‘tkazilayotganligi aytdi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqatilishiga qarshi kurashish, shuningdek, Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, Diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlarini oldini olish, Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan bunday tadbirlar  orqali yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi  oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishimiz mumkinligi haqida gapirdi. Yig‘ilganlarni  mehmonlar bilan tanishtirib, so‘z navbatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi yetakchi mutaxassisi B.Shamsiyevga berdi.



Tayyorlov kursiga marhamat!

Блог им. agraruniversitet

Tayyorlov kursiga marhamat! 


 


Toshkent davlat agrar universiteti  2014-2015 o’quv yilida Respublikamizning oliy o’quv yurtlariga test sinovlari asosida kirish uchun 2014 yil 1-apreldan boshlab, 4 oylik tayyorlov kursuga


 Tinglovchilarni qabul qiladi


Toshkent davlat agrar universitetining pullik tayyorlov tinglovchilarni quyidagi fanlar: matematika, fizika, kimyo, biologiya, o’zbek tili va adabiyoti hamda chet tili fanlari bo’yicha  test sinovlari topshirishga tayyorlaydi.


Tinglovchilarni o’qishi, ovqatlaishi, davolanishiva dam olishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.


O’qish uchun oyiga 170.000 (bir yuz yetmish ming) so’m pul to’laydi. Tinglovchilar turar joy bilan ta’minlanadi.


Muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan askarlar, harbiy xizmatni o’tab yo’llanma bilan kelgan yoshlar hamda «Mehribonlik uylari» bitiruvchilari tekin o’qitiladi va davlat tomonidan berilgan berilgan barcha imtiyozlardan to’liq foydalanish xuquqiga ega.


Tinglovchilarni olgan bilimlari (o’zlashtirishlari) jaroyning oxirida test sinovlari o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi.


«Tayyorlov kursi»ni muvafaqqiyatli tugatgan tinglovchilar «Davlat granti»  asosida o’qishga kirishlari uchun yetarli bilimga ega bo’ladilar.


O’qish 2014 yil 1-apreldan boshlanadi.


Xujjatlar «Tayyorlov kursi» o’quv binosining 2-qavat № 3-xonasida qabul qilinmoqda.


Tayyorlov kursiga kiruvchilar quyidagi xujjatlarni topshirishlari kerak:


  1. Ariza

  2. 3×4 o’lchamli 2 dona fotosurat

  3. Attestatyiki passport nusxasi


Murojaat uchun telefon: 8 371 260-48-49, +99893516-05-78


Manzilimiz; 6,17,19,83,96,115,129,149,491 avtobuslari “Universitet”            bekati

O'zbek haqida ballada

Блог им. agraruniversitet


O'ZBEK HAQIDA BALLADA


 


Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!


 


O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun,O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.Qizim parilardan chehrasi gulgun,Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!


 


Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,Bir elkada ketmon, birida iymon.Barchaga barobar oftobsimon,Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!


 


Bobolari qaysi yigitlardan kam,Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!


Ehtirom etganga ehromlari bor,Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.Beshik to'la jajji islomlari bor,Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!


 


Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!


 

27 mart kuni “Xalqaro teatr kuni”

Блог им. agraruniversitet

Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy  jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. 27 mart- Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo`lib o`tgan IX kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san`ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.


Teatr nima o‘zi?


Xo‘sh, teatr nima o‘zi? Bu tushunchaning ma’nosi keng. Teatr deganda, avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektaklning o‘zi; tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino hamdir. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi. Sahna asarining ta’siri juda kuchli. Sababi nimada?



Тадбиркор аёлларга кўмакдош

Блог им. agraruniversitet

Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитаси томонидан “Йилнинг энг яхши бизнес лойиҳаси” республика танлови ғолибларининг ижтимоий аҳамиятга молик бизнес лойиҳаларини ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш масалаларига бағишланган йиғилиш ўтказилди. Унда хотин-қизлар қўмитаси фаоллари, Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси, банк-молия тузилмалари мутасаддилари, жамоат ташкилотлари вакиллари иштирок этди. Президентимиз Ислом Каримов раҳнамолигида мамлакатимизда хотин-қизларни ҳар жиҳатдан қўллаб-қувватлаш, уларнинг иқтисодий, ҳуқуқий билимларини янада ошириш, тадбиркорликка оид илғор ғоя ва ташаббусларини ҳаётга татбиқ этишга яқиндан кўмаклашиш масаласига алоҳида эътибор қаратилмоқда.



O’zbekistonda namunaviy issiqxonalar barpo etildi.

Блог им. agraruniversitet

 w3 Joriy yilning 25-noyabr kuni  Toshkent davlat agrar universitetining ilmiy-tadqiqot va o’quv-tajriba stansiyasida Janubiy Korea Xalqaro hamkorlik agentligining KOICA O’zbekistondagi idorasi granti asosida “O’zbekistonda na’munaviy issiqxonalar barpo etish” loyihasi doirasida qurib ishga tushirilgan zamonaviy issiqxonaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi mutaxassislari, Ozbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi olimlari, Toshkent davlat agrar universiteti professor-o’qituvchilari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari, Toshkent viloyati fermerlari qatnashishdi.


Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida qishloq xo’jaligini rivojlantirish borasida xorijiy investitsiyalar ishtirokida qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Janubiy Korea Xalqaro hamkorlik agentligi KOICA ning O’zbekistondagi idorasi granti asosida mamlakatimizda bir  nechta  namunaviy issiqxonalar barpo etilib ishga tushirildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-noyabrda qabul qilingan “Korea Respublikasi Hukumati grant  mablag’larini jalb etgan holda “O’zbekistonda  namunaviy issiqxonalarni barpo etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’grisida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Zangiota tumanida joylashgan maydoni 1500 m2 bo’lgan  ko’chat yetishtiruvchi  issiqxona, Toshkent davlat agrar universitetining Qibray tumanidagi ilmiy-tadqiqot va o’quv-tajriba stansiyasida hamda Yuqori Chirchiq tumanidagi Ahmad Yassaviy nomli fermer xo’jaliklari uyushmasi hududida har birining maydoni 5000m2 bo’lgan mahsulot yetishtiruvchi 2 ta issiqxona qurib foydalanishga topshirildi. Janubiy Korea “Myung Sung Placon Ltd.” qurilish kompaniyasi tomonidan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida barpo etilgan issiqxonalarda foydalaniladigan barcha jihozlar Koreadan keltirilgan.


Toshkent davlat agrar universitetining ilmiy-tadqiqot va o’quv-tajriba stansiyasida qurilgan issiqxonada talabalar bevosita o’quv-amaliyot mashg’ulotlarini o’tash va zamonaviy ko’nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo’lish bilan birgalikda, xozirda mahsulot yetishtirish ishlari boshlab yuborildi. Pomidor ko’chatlari qad rostlab, xosilga kirmoqda. Bu zamonaviy texnologiyalarga asoslangan xolda yuqori sifatli xosil yetishtirish va universitet jaomoasini, qolaversa xalqimizni arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi.


Shuningdek, issiqxonada yosh olimlar o’z  ilmiy izlanishlarini olim borishda keng foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratildi. Issiqxona тупяшвф fermerlar uchun ham malakaviy o’quv kurslarini tashkil etish mumkin.

“Katta hayotga – kasaba uyushmasi bilan” aksiyasi

Блог им. agraruniversitet

20131205_122225Yoshlar, xususan, oliy o’quv yurti talabalari, kasb-hunar kolleji va litsey o’quvchilari o’rtasida kasaba uyushmalari afzalliklarini asoslash, bu borada targ’ibot va tashfiqot ishlarini izchillik bilan amalga oshirishda Kasaba uyushmalari Federatsuyasi Yoshlar kengashi tomonidan samarali faoliyat olib borilyabdi. Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining  21 yilligi munosabati bilan yurtimizning qator oliy ta’lim muassasalarida “Katta hayotga – kasaba uyushmasi bilan” aksiyasi yumshoqlik va ko’tarinkilik bilan tashkil etildi.


Toshkent Davlat Agrar universitetida ham mazkur aktsiya ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Toshkent viloyati kasaba uyushma tashkilotlari  birlashmasi kengashi  tomonidan o’tkazilgan tadbirda kasaba uyushmalari faollari, Yoshlar kengashlari vakillari, universitetning bitiruvchi talabalari qatnashdi.


Aksiyani birlashma kengashi raisi vazifasini vaqtincha vazifasini bajaruvchi Jahongir Saidov kirish so’zi bilan ochdi.


Shundan so’ng universitet rektori Botirjon Sulaymonov, birlashma kengashi bo’lim mudirlari Ulug’xo’ja Xamzaev, Ruslan Rahmonov, Nargiza Asadova, Erkinali Usmonov, Muhayyo Xolbotvalar so’zga chiqib, Konstitutsiyaning xayotimizda tutgan o’rni  hamda kasaba uyushmasining  mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy jihatdan himoyalsh hamda ularning  mehnatini muhofazalash, ma’naviyatini yuksaltirish hamda sog’lomlashtirish borasida amalga oshirila yotgan ishlar haqida fikr yuritishdi.


Kasaba uyushmasi tomonidan Universitetning talabalari Gabulina Diana va Qurbonov Murdil  ”Kasaba uyushmasi stipendiyasi ” ga ega bo’lishdi.


 

Toshkent davlat agrar universitetida “Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Блог им. agraruniversitet

41d32f524509518f6479O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-2124-sonli Qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Toshkent davlat agrar universitetida 2014 yil 30 may kuni “Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.


SHo‘ba yo‘nalishlari:1-sho‘ba. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari.2-sho‘ba. Innovatsion fan-ta’limi tizimini rivojlantirishda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari yosh olimlarining roli.3-sho‘ba. Mamlakatimiz agrar sektorida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi.4-sho‘ba. Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari.Konferensiya materiallari ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi, shu munosabat bilan ma’ruza matnlari bosma hamda elektron nusxada quyidagi talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan holda 2014 yilning 1 mayga qadar topshirilishi zarur.


Matnni terish va rasmiylashtirishga talablarMaqola 3-5 betda Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida A4 formatda yuqoridan 2 sm, pastdan- 2 sm, chapdan- 2 sm, o‘ngdan- 2 sm qoldirilib, 1-qator oralig‘ida, 14 kegel o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi. Rasmlar jpeg formatida, jadvallar faqat Microsoft Word redaktorida (Exsel redaktoridan foydalanmasdan) qilinishi kerak.


Maqolalar tuzilmasiYUqorida chap tomondan abzatssiz bosh va qalin harflar bilan maqola sarlavhasi yoziladi. Sarlavhadan 2 interval oralatib mualliflarning familiyasi, ismi-sharifi va yana 1 interval pastroq ish joyi (tashkilot nomi) ko‘rsatiladi. Maqola kirish qismi, tadqiqot uslubiyoti, natijalari, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi zarur, shundan so‘ng 1 interval oralatib uning qisqacha annotatsiyasi beriladi. Maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa, annotatsiya ham o‘sha tilda yoziladi.


Boshqa talablarMaqola bosma matn shaklida va elektron variantda topshirilishi kerak. Elektron variant faylining nomi birinchi muallifning familiyasi va sho‘ba (seksiya) raqamidan iborat bo‘lishi zarur. (Masalan: Sobirov S. – SHo‘ba-3). Maqolaning elektron varianti universitetning quyidagi elektron manziliga yuborilishi mumkin: toshdau_alkhk@inbox.uz Bitta fayl faqat bitta maqoladan iborat bo‘lishi kerak. Maqolaning bosma va elektron variantidagi matnlari bir xil bo‘lishi shart.Bosma shakldagi maqola betlari qalam bilan ko‘rsatiladi, elektron variantda esa betlar raqami qo‘yilmaydi.Ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan materiallar chop etilmaydi va muallif(lar)ga qaytarilmaydi.Maqolada keltirilgan fikr-muloxazalar va raqamlarga muallif(lar) javobgar hisoblanadi.Universitet manzili: 100140 Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2, Toshkent davlat agrar universiteti, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi 211-xona. Tel: 260-48-00, 260-38-06, 260-41-43. Faks: 260-38-60. Mas’ullar: S.A.Adilov, B.Muratov, Yu.G‘.Bobomurodov, Z.Dehkanova.

Ko'plab talabalarimiz 2013-2014 o’quv yili uchun davlat stipendiyalari sovrindorlari bo’lishdi

Блог им. agraruniversitet

DSC_6829Ruxitdinova Naima Xusan qizi. 1992 yil 6 aprelda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. 1998 yil Parkent tumanidagi 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 1 sinfiga qabul qilingan va 2009 yil 11 sinfni tamomlagan.


2010 yil Toshkent davlat agrar universitetining “Seleksiya, urug’chilik va o’simliklarni himoya qilish”  fakulteti Agrokimyo va tuproqshunoslik yo’nalishiga shartnoma asosida qabul qilindi. Hozirda shu yo’nalishning 4 bosqich 4-68 guruh talabasi. O’qish davrida 12 ta ilmiy maqola chop ettirgan. 10 dan ortiq sertifikat va faxriy yorliqlar sohibasi. 2012 yil “Zulfiya” nomli Davlat mukofotining viloyat bosqichi 2 o’rin sohibasi. “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining 2 o’rinni egallagani uchun jamoaviy diplom egasi. 2013-2014 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori.


Xodjimurodova Nozima Rustam qizi. 1991 yil 31 mayda Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 1998 yil Yunusobod tumanidagi Humoyun nomidagi 302-sonli maktabining 1 sinfiga qabul qilingan va 2007 yil tamomlagan. 2007 yil Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litseyga qabul qilingan va 2010 yil litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan.


2010 yil Toshkent davlat agrar universitetining “Seleksiya, urug’chilik va o’simliklarni himoya qilish”  fakulteti Agrokimyo va tuproqshunoslik yo’nalishiga shartnoma asosida qabul qilindi. Hozirda shu yo’nalishning 4 bosqich 4-68 guruh talabasi. O’qish davrida 1 ta ilmiy risola, 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta uslubiy qo’llanma hamda 10 ta ilmiy maqolalarini hammualliflikda chop ettirgan. 2 ta diplom, 6 ta faxriy yorliqlar sohibasi.


         2013-2014 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbek4iston Respublikasi “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori.


          Yo’ldosheva Munira Qalimbat qizi. 1993 yil  24 martda Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumanida tavallud topgan. 1999 yil Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanidagi 275-sonli maktabining 1 sinfiga qabul qilingan va 2010 yil Amudaryo tumanidagi 6- sonli maktabni tamomlagan.


2010 yil Toshkent davlat agrar universitetining “Agroiqtisodiyot”  fakulteti Marketing yo’nalishiga shartnoma asosida qabul qilindi. Hozirda shu yo’nalishning 4 bosqich 4-19 guruh talabasi. O’qish davrida 1 ta ilmiy-ommabop risola hamda 34 ta ilmiy maqola va tezislarni hammualliflikda chop ettirgan. 1 sertifikat, 5 ta faxriy yorliqlar sohibasi.


         2013-2014 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori.


Abdullayeva Go’zal Mirulug’ovna. 1989 yil 29 iyulda Toshkent viloyati Qibray tumanida tavallud topgan. hozirda Qibray tumani Yong’oqzor ko’chasi 9 uyda istiqomat qiladi.


2010 yil Toshkent davlat agrar universiteti Zootexniya fakulteti Zootexniya yo’nalishiga shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan. Hozirda Veterinariya yo’nalishi 4-96 guruh talabasi.


         O’qish davri davomida faol, izlanuvchi talaba sifatida faoliyat yuritib, ilmiy izlanishlari natijasida 23 ta ilmiy maqola va tezislarini hammualliflikda chop ettirgan. 2 ta diplom va 6 ta faxriy yorliqlar sohibasi.


2013-2014 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori.