Universitetlar tarixi
Блог им. agraruniversitetToshkent Davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko’plab boshqa oliy o’quv yurtlari kabi 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan bog’liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida – qishloq xo’jaligi fakulteti ham bor edi. 1930 yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi instituti tashkil qilindi va bir qancha o’zgarishlardan so’ng, 1934 yil oktyabridan Toshkent Qishloq xo’jaligi instituti deb nomlandi.
1991 yil aprel oyida Oliy o’quv yurti Markaziy Osiyo va Qozog’istonda yagona agrar universitet maqomini oldi. Bunday maqom o’sha davrdagi 104 ta qishloq xo’jaligi oliy o’quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.